Vakansiyalar

HUMANSda karyera

HUMANS — O’zbekistondagi birinchi va yagona SuperApp bo’lib, mobil aloqa operatori, fintex-servisi va onlayn-to’lovlar xizmatlarini o’zida birlashtiradi. HUMANS xizmatlaridan 2 milliondan ortiq odam foydalanadi.

Loyiha 2020 yil iyunida O’zbekistonda HUMANS Group ekotizimi doirasida ishga tushgan. HUMANS Group ekotizimi AQShda HUMANS.net xodimlarini izlash bo’yicha platformani rivojlantirmoqda. Guruh ofislari AQSh, O’zbekiston, Polsha, Singapur va Germaniyada joylashgan, kompaniyada 850dan ortiq xodim ishlaydi.

Bizning falsafamiz — insonlar insonlar uchun

Biz odamlar, mijozlar, aksionerlar, o’zimiz uchun mahsulot yaratamiz.

Bizda beshta asosiy qadriyat bor:

1

Inson bo’lish —

o’zingga nisbatan qanday munosabatda bo’lishlarini istasang, boshqalarga shunday munosabatda bo’lish.

2

Erkinlik —

biz erkin tanlaymiz va o’z tanlovimiz uchun mas’ulmiz.

3

Haqiqiy foyda keltirish —

kompaniya ishida va undan tashqarida amalga oshirayotganimiz barchasi haqiqiy foyda keltirishi kerak.

4

Har bir ovoz muhim —

har bir insonning fikri muhim, yoshi, tajribasi, maqomi va HUMANS’ga bo’lgan munosabatidan qat’iy nazar.

5

O’zgarish qobiliyati —

yanada yaxshiroq bo’lish uchun o’zg.

Vakansiyalar

Biz boshqalarga ilojsiz tuyilgan narsalar ustida birgalikda ishlash uchun sizni HUMANS’da kutmoqdamiz.

Biz mijozlarimizga telefon va chat orqali maslahat beradigan va yordam beradigan mutaxassislarni qidirmoqdamiz.

Sizning mas'uliyatlaringizga nimalar kiradi:

  • aloqa markazimizga murojaat qilgan yangi yoki mavjud mijozlarga maslahat berish
  • kompaniya xizmatlari va mahsulotlari bo'yicha tushuncha berish
  • mijozlarga oddiy tilda HUMANS’ning barcha imkoniyatlari haqida gapirib berish
  • qanday xatolik yuz berganini tushunish va muammolarni tezda hal qilish

Xodimlarimizga nimalar taklif qilamiz:

  • Kuniga 6 soatdan qulay ish grafigi
  • Bepul o’qitish
  • Zamonaviy, qulay ofis mashg’ulot zali va stol tennisi bilan
  • Kafe ofisida kompaniya hisobidan issiq ovqatlanish
  • Martabada o’sish uchun imkoniyatlar

Mukofot💰:

  • Siz har bir maslahat, shuningdek mijozlarga sotilgan paketlar va opsiyalar uchun mukofot olasiz;
  • Mukofot smena vaqtini ishlab tugatgandan keyingi kun kartaga to'lab beriladi;
  • Bizning mutaxassislar kuniga 200 000 UZSdan va undan ko’proq ishlab topishadi.

HUMANS’da ishlashni xohlayman

Barcha ish o'rinlari