Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

HUMANS Yaxshi xizmati orqali oziq-ovqatlarni yetkazish

Yangiliklar

HUMANS Yaxshi xizmati orqali oziq-ovqatlarni yetkazish

Biz HUMANS'da ilovani ishlab rivojlantirishni davom ettirib, unga hayotingizni yanada qulayroq qiladigan yangi xizmatlarni qo'shmoqdamiz. Shuning uchun biz HUMANS Yaxshi yetkazish xizmatini ishga tushirdik!

Endi Toshkent shahri va viloyati aholisi afsonaviy Chorsu bozoridagi eng yaxshi oziq-ovqatlarni HUMANS Yaxshi orqali bevosita uylariga buyurtma qilishlari mumkin. Bizning jamoamiz siz uchun bozorga boradi, eng sifatlilarini tanlaydi, ularni qadoqlaydi va eshigingizgacha yetkazib beradi. Va siz umumiy hisobdan 5% keshbek olasiz.

Buyurtma qilish uchun:

  1. Ekranning o'ng burchagidagi savatli bannerga bosing
  2. Katalogdan sizga kerakli mahsulotlar toifasini tanlang yoki qidiruv maydoniga nomini kiriting
  3. Mahsulotlarni savatga qo'shing
  4. Yetkazmani rasmiylashtiring: qulay vaqt va kunni tanlang
  5. To'lov turini tanlang: onlayn yoki naqd
  6. Mahsulotni qabul qiling va mazali taomdan bahramand bo'ling

    Yaqin kunlarda biz buyurtma berishingiz mumkin bo'lgan bozorlar va supermarketlar ro'yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.

    Yangiliklarni kuzatib boring, HUMANS Yaxshi do'konlari haqida birinchilardan xabardor bo'ling!