Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Qo‘llanma: tashqi servislarga obuna bo‘lib, pul yo‘qotmaslik uchun nima qilish kerak

Chegirmalar

Qo‘llanma: tashqi servislarga obuna bo‘lib, pul yo‘qotmaslik uchun nima qilish kerak

Google Play, App Store (iTunes), Netflix, Facebook va shu kabi servislarda pulingiz avtomatik ravishda bog‘langan kartangizdan yechilishi mumkin. Agar servisdan doim foydalanmasangiz, obunani bekor qilishni tavsiya etamiz. Shunday qilib siz o‘zingizni ortiqcha xarajatlardan xalos qilishingiz mumkin.

Google Play’da obunani bekor qilish

  1. Google Play’dagi profilingizga kiring
  2. “To‘lovlar va obuna” (Платежи и подписки) bo‘limiga o‘ting
  3. “Bekor qilish” (Отменить)ni bosing

App Store’da obunani bekor qilish (iTunes)

  1. Qurilmangizning sozlamalariga kiring
  2. Apple ID ostida ismingiz yozilgan joyga bosing
  3. Obunani bekor qilish kerak bo'lgan ilovalarni tanlang
  4. “Obunani bekor qilish” (отменить подписку) tugmasini bosing

Siz foydalanishda davom etishni rejalashtirmagan resurslarda obunangizni shu tarzda bekor qilishingiz mumkin – shaxsiy kabinetda yoki akkaunt sozlamalarida. Qolaversa obunani bekor qilish bo’yicha qo’llanmalarni qidiruv tizimlari yoki servisning qo’llab-quvvatlash xizmati orqali oson bilishingiz mumkin.