Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, keshbek | HUMANS aloqada

Humans virtual eSIM kartalarni ulashni boshlaydi

Yangiliklar

Humans virtual eSIM kartalarni ulashni boshlaydi

eSIM texnologiyasi smartfonni ikki SIM-kartali qilish imkonini beradi - bu boshqa operatorlar foydalanuvchilari uchun joriy raqamlaridan voz kechmasdan Humans xizmatlarini sinab ko'rish imkoniyatidir.

Humans kompaniyasi virtual eSIM kartalarini ulashni boshlaydi. Foydalanuvchilar eSIM ni bepul faollashtirishi yoki joriy SIM-kartani eSIM-ga almashtirishi mumkin. Xizmat Humans kompaniyasining har qanday savdo nuqtasida mavjud - sozlash bir necha daqiqa vaqtni oladi.

eSIM - bu qurilmadagi raqamli SIM karta kabi ishlaydigan chipdir. Chip oddiy plastik SIM-karta kabi mobil aloqa va internetga ulanishni ta'minlaydi - yagona farq shundaki, eSIM o'rnatilgani bois uni yo'qotish yoki sindirish mumkin emas.

“Hatto zamonaviy gadjetlarda ham SIM-karta uchun faqat bitta uyasi bo'ladi. eSIM texnologiyasi smartfonni ikki SIM-kartali qilish imkonini beradi - bu boshqa operatorlar foydalanuvchilari uchun joriy raqamlaridan voz kechmasdan Humans xizmatlarini sinab ko'rish imkoniyatidir. Shunday qilib, eSIM bilan bitta tarif rejasidan ovozli aloqa uchun, ikkinchisidan esa Humans bepul cheksiz interneti uchun foydalanish mumkin. Humans da cheksiz internet uchun to‘lash shart emas — biz keshbek dasturini yaratdik, bu sizga keshbekni xizmatlarga almashish va internetdan deyarli bepul foydalanish imkonini beradi”, — dedi Humans Group kompaniyasining distributsiya bo‘yicha direktori Igor Kim.

eSIM - bu oddiy, qulay va xavfsizdir, quyida esa virtual SIM-kartani tanlashning kamida 4 ta sababini keltiramiz:

Operatorlarni osongina almashtirish mumkin: ko'plab mijozlar har kuni shaxsiy va ish maqsadlarida qo'ng'iroqlar uchun bir nechta raqamlardan foydalanadilar. eSIM har bir holat uchun eng qulay tarif va operatorni tanlash imkonini beradi.

O‘zingiz bilan ikkita gadjet olib yurishning hojati yo‘q – eSIM sizga smartfoningizni ikkita SIM-kartali qilish imkonini beradi.

Bu xavfsizdir va agar telefon yo'qolsa, foydalanuvchining muammolari kamroq bo'ladi — firibgarlar sim-karta va undagi ma'lumotlarga kira olmaydi.

eSIM texnologiyasi odatiy sim-kartalarga qaraganda ekologikroq — ortiqcha plastmassa tabiatga zarar yetkazmaydi.

Gadjet modeliga qarab eSIM xotirasida 8 tagacha raqamni saqlash va bir vaqtning o‘zida ulardan 1-2 tasidan foydalanish mumkin. Texnologiya 2018-yildan keyin chiqarilgan iOS va Android smartfonlari, shuningdek, ayrim planshetlar va aqlli soatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. eSIMni ulash uchun yoningizda eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.


Qaysi qurilmalar eSIM texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi?

Apple

 iPhone 14

iPhone 14 Plus

iPhone 14 Pro Max

iPhone 14 Pro

iPhone 13, 13 Pro, 13 Pro Max, 13 Mini

iPhone 12, 12 Pro, 12 Pro Max, 12 Mini

iPhone SE

iPhone 11, 11 Pro, 11 Pro Max

iPhone XS, XS Max

iPhone XR

iPad Pro 12.9-inch (4th generation)

iPad Pro 12.9-inch (3rd generation)

iPad Pro 11-inch (2nd generation)

iPad Pro 11-inch (1st generation)

iPad Air (4th generation)

iPad Air (3rd generation)

iPad (8th generation)

iPad (7th generation)

iPad mini (5th generation)

 

Samsung

 
Samsung Galaxy S22 5G, Ultra 5G, S22

Samsung Fold LTE model

Samsung Z Flip 4

Samsung Z Fold 4

Samsung Galaxy Z Fold 3 5G

Samsung Galaxy Z Flip 5G

Samsung Galaxy Z Flip

Samsung Galaxy Z Fold2 5G

Samsung Galaxy Fold

Samsung Galaxy S21+ 5G

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G

Samsung Galaxy Note 20 Ultra, Ultra 5G

Samsung Galaxy Note 20 FE 5G

Samsung Galaxy Note 20 FE

Samsung Galaxy S20, S20+ and S20 Ultra

Google Pixel

Google Pixel 7 Pro

Google Pixel 7

Google Pixel 6 Pro

Google Pixel 6

Google Pixel 5a 5G

Google Pixel 5

Google Pixel 4a

Google Pixel 4

Google Pixel 3 & 3XL (Limited support)

Google Pixel 2