Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS. Aqllilar ilovasi.

Firibgarlik sayt-klonlar: o’zingizni himoya qilish va puldan mahrum bo’lib qolmaslik

Chegirmalar

Firibgarlik sayt-klonlar: o’zingizni himoya qilish va puldan mahrum bo’lib qolmaslik

Jahongir — katta oilaning boshlig’i. Yaqinda unga pul sovriniga ega bo’lish uchun tezroq o’zining HUMANS akkauntiga kirish taklifi bilan SMS-xabar keldi. Jahongir xursand bo’ldi va anchadan buyon mablag’i yetmaganligi tufayli orqaga surgan xaridlarini esladi. 

Xabarga havola ilova qilingandi. Jahongir havolaga o‘tib, ushbu saytni ko‘rdi:

image 4 2

Jahongir bu haqiqatan ham HUMANS saytimi deb ikkilandi. Logotipning ko‘rinishi xuddi o‘sha, dizayn o'xshash, lekin rasmiy dastur bo'la turib, nima uchun boshqa saytdan akkauntga kiriladi? Bundan tashqari, bu qanday o‘yin? Bu yolg'on emasmikin?

Jahongir o'z raqamini kiritmadi va u mutlaqo haq edi. Hatto eng aqllilar ham bunga laqqa tushishadi, shuning uchun ehtiyot bo'ling. Bu klon sayt yoki fishing sayti deb ataladigan sayt bo‘lib — firibgarlarning pul o'g'irlash maqsadida shaxsiy ma'lumotlaringizni olishga urinishidir. 

Agar siz bunday saytga telefon raqamingizni kiritsangiz, sizga quyidagi matnli SMS keladi:

“Kimdir HUMANS.uz ilovasiga sizning +998333251405 raqamingizni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi. Agar bu siz bo'lmasangiz, kodni hech kimga aytmang: **-218*

Agar siz ushbu kodni kiritsangiz, sizdan HUMANS tizimiga kirish uchun parolni kiritish taklif qilinadi. Agar siz ma'lumotlaringizni o‘sha saytda qoldirsangiz — firibgarlar sizning akkauntingizga kirishadi va barcha pullaringizni o'g'irlashadi.

Bu tez-tez sodir bo'lib turadimi?

Fishing — O‘zbekistonda internetdagi firibgarlikning eng mashhur usullaridan biridir. Bu tabiiy hol, chunki mamlakatda qancha ko‘p elektron to‘lovlar va pul o‘tkazmalari mavjud bo‘lsa, shunchalik ko‘p odamlar undan foyda olishni xohlashadi. 2023-yilda O‘zbekistonda internet tarmog‘ida 5500 dan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2020-yildan buyon ularning soni 50 baravardan ziyod oshgan.

Qanday qilib firibgarlarning hiylalariga tushib qolmaslik mumkin?

Eng muhimi — HUMANS ilovasidan boshqa joyga telefon raqamingiz va akkaunt parolingizni kiritmang! Hatto eng aqllilar ham bunga chuv tushishadi, shuning uchun juda ehtiyot bo'ling!

Havolalarni ochmang

Noma'lum raqamlardan keladigan sms xabarlar, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali go‘yoki HUMANS nomidan yuboriluvchi havolalarni ochmang. Faqat kompaniyaning rasmiy kanallarida chop etilgan havolalargina tasdiqlangan va xavfsizdir.

Sahifa dizayni

Soxta sayt sahifa dizaynini HUMANS rasmiy sayti https://humans.uz/ bilan solishtiring. Aksariyat firibgarlar yaratgan saytlar tezda bloklanadi, shuning uchun ular shoshilinch ravishda amalga oshiriladi. Ularda tugmalar va havolalar ishlamasligi mumkin va matnlarda ahmoqona xatolar uchraydi.

Havola manzili

Havola manziliga e'tibor bering. HUMANS saytining to'liq rasmiy manzili — https://humans.uz/. Undan farq qiladigan havolalarni ochmang. Ulanishingiz xavfsizligini tekshirishni unutmang — sayt manzili oldida albatta https bo'lishi kerak.

3

"Yashirin to'lovlar" firibgarlikdir

Firibgar havola ko'pincha sizni uni bosishga undaydigan qandaydir jozibali va'da bilan birga keladi. Go‘yoki HUMANS nomidan keladigan "Yashirin bir martalik to'lovlar", "naqd pul yutuqlari" va boshqa o'ta jozibali takliflar haqidagi so'zlarga ishonmang. Barcha aksiyalar va yutuqlar bizning saytimizda va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimizda e'lon qilinadi.

Agar bu firibgarlik yoki kompaniyaning rasmiy xabari ekanligiga shubhangiz bo‘lsa, 1234 raqami orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling yoki https://humans.uz./ sayti orqali biz bilan bog‘laning.

Hatto onadan kelgan havola

Agar shubhali havolani yaqin do'stingiz yoki qarindoshingiz yuborgan bo'lsa ham - unga o‘tmang. U ham firibgarlik qurboniga aylanishi mumkin edi.

Agar ma'lumotlaringizni kiritgan bo'lsangiz nima qilish kerak?

Iloji boricha tezroq HUMANS qo‘llab-quvvatlash xizmatiga 1234 raqamiga murojaat qiling va mutaxassislarimiz yordamida HUMANS akkauntingiz parolini qayta o‘rnating. Parolni qo'llab-quvvatlash xizmati orqali yangilash muhimdir.