Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

30% chegirma bilan millionlab chiroyli raqamlardan birini tanlang

Yangiliklar

30% chegirma bilan millionlab chiroyli raqamlardan birini tanlang

Chiroyli raqamlardan istaganingizni tanlang — biz 30% chegirma taqdim etamiz. 

7,5 million UZSgacha pul tejashingiz mumkin! 

Chiroyli raqam – bu koʻpchilik orasida farqlanib turishning eng oson usullaridan biri. Ayniqsa, siz ish yuzasidan tez-tez aloqa qilib turadiganlardan boʻlsangiz, buning ahamiyati katta. Bir tomondan siz oʻz mavqeyingizni bildirib turasiz, ikkinchi tarafdan – sizni va raqamingizni aniq eslab qolishlari oson boʻladi. 

Humans kompaniyasida biz millionlab turli kombinatsiyalarni taqdim qilamiz, bu aynan sizga maʼqul kelgan noyob raqamni tanlash uchun kifoya boʻladi. Bular shunchaki chiroyli sonlar yigʻindisi emas. Masalan, siz oʻzingiz yoqtirgan sana, tugʻilgan yil yoki avtomobilingiz raqamiga oʻxshash raqamni tanlashingiz mumkin. Buning uchun shunchaki raqamlar niqobida kerakli raqamlarni tering, mos raqamni tanlang va band qiling. 

33 prefiksi faqat Humans'da mavjud. Bu mijozlaringizga faqat bizning tarmoqda mavjud boʻlgan noyob kombinatsiyalarni tanlash imkonini beradi. 

19.03.2022-y.dan boshlab Humansʼning barcha mijozlarida bir martalik toʻlov bilan 30% chegirmani hisobga olganda 52 500 UZSdan 17 500 000 UZSgacha chiroyli raqamlarni tanlash imkoniyati paydo boʻldi. Qoʻshimchasiga biz chiroyli raqam tanlaganingiz uchun 5% qoʻshimcha keshbek qoʻshib beramiz. 

Aksiya tafsilotlari


Raqam tanlash