Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans'ning yangi formulasi ko‘proq keshbek ishlash imkonini yaratadi

Yangiliklar

Humans'ning yangi formulasi ko‘proq keshbek ishlash imkonini yaratadi

Biz sizlar uchun aloqa xizmatlaridan mutlaqo bepul yoki 20-40-60% chegirma bilan foydalanish uslubini o‘ylab topdik.

Bu juda oddiy formula Humans'da siz foydalanadigan deyarli har qanday xizmat evaziga keshbek olish, va shu keshbekni quyidagi xizmatlarga sarflash imkonini yaratadi: cheksiz internet, qo‘ng‘iroqlar, cheksiz YouTube, Instagram va boshqa ilovalar.

Bu formula bunday ko‘rinishga ega: "To‘ldir - Saqla - Sarfla".

Siz uchun odatiy bo‘lib qolgan oddiy harakatlarni bajarar ekansiz, har kuni keshbek olib, u bilan aloqa xizmatlari, jumladan cheksiz internet narxini ham to‘liq yoki qisman to‘lashingiz mumkin.

Hisobingizni to‘ldiring

Uzcard va HUMO plastik kartalari yoki naqd pul bilan terminallar orqali har bir hisob to‘ldirishda sizga — 1% keshbek beriladi. Hisobingizni 1 million so‘mga to‘ldirishda bonus sifatida yana 10 ming UZS olasiz. Shuningdek, biz Rossiyada chiqarilgan bank kartalari orqali hisobingizni to‘ldirishingizda o‘tkazma summasidan 0.25% keshbek qaytaramiz.

Hisobingizda pul saqlang

Shunchaki balansingizda pul saqlaganingiz uchun biz siz har kuni yillik 25% hisobda keshbek beramiz. Agar siz hisobingizda bir oy davomida 1 million so‘m saqlasangiz, ushbu muddat ichida hisobingizda 20 ming UZSdan ortiq keshbek yig‘iladi (har kuni bonus sifatida 685 UZSdan).

Odatiy xarajatlaringizni HUMANS.uz orqali amalga oshiring

Bizning ilovamiz orqali odatiy xarajatlaringiz sizga yanada ko‘proq keshbek olib keladi:

  • Paket xarid qilishda va uni uzaytirishda, hamda qo‘shimcha opsiya xarid qilishda: 13% gacha
  • Ilovada xizmatlar narxini to‘lashda: 20% gacha
  • Kommunal va boshqa xizmatlar narxini to‘lashda: 7% gacha
  • Chiroyli raqam narxini to‘lashda: 5%

Keshbekni oson to‘plash uchun servislarimizdan foydalangan holda odatiy xarajatlaringizni amalga oshiring.